Kecha, 28 yanvar soat tungi 22:30 larda Nurota tumanidagi Poyga qishlog‘ida «Cobalt» yo‘ldan chiqib ketib, YTH sodir etgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Hodisa oqibatida uch kishi voqea joyida vafot etdi.

Tirik qolgan F.M. (1995 y.t.) Nurota tuman tibbiyot birlashmasining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga keltirilgan. Unga bosh miya chayqalishi, o‘ng boldir o‘rta uchligidan yopiq sinib siljishi, ko‘z atrofi va ko‘zosti gematomasi, yuz qo‘llar va tanadagi ko‘plab shilingan jarohati tashxisi qo‘yilgan.

Bemorning ahvoli og‘ir, tegishli tibbiy standartlar asosida davo muolajalari olib borilayotgani ma’lum qilindi.