Xalq ta’limi vazirligi maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha g‘oyalar va takliflar portalini (idea.uzedu.uz) ishga tushirdi, deb xabar berdi XTV matbuot xizmati.

Sayt turli toifadagi g‘oyalarni taqdim etishni taklif qiladi:

  • ta’lim sifatini, o‘qituvchilarning maqomi va malakasini oshirish;
  • davlat-xususiy sherikligi, maktabdan tashqari ta’limni rivojlantirish;
  • innovatsiyalar va texnologiyalarni joriy etish;
  • o‘zbek tilini o‘qitishni takomillashtirish;
  • maktab infratuzilmasi, inklyuziv ta’lim va boshqalarni yaxshilashni ko‘zda tutgan.

Taklif yuborish uchun veb-saytdagi ma’lumotlarni to‘ldirish kerak. Ariza vazirlik tomonidan ko‘rib chiqiladi va murojaat egasi bilan bog‘laniladi. Agar g‘oya istiqbolli ko‘rinsa, murojaat etuvchi suhbatga taklif qilinadi. Sayt statistikasiga ko‘ra, hozirga qadar 96 ta g‘oya taqdim etilgan.