Sardoba toshqinidan jabrlangan aholi uchun qurilgan uylar narxi 855,4 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu haqda brifingda Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari O‘lmasjon Mamadaminov ma’lum qildi.

Uning ma’lum qilishicha, 4790 nafar xonadon egalariga 186,6 mlrd so‘m moddiy yordam mablag‘lari plastik kartalarga tushirilgan. Shundan, 4541 ta fuqaroga 181,6 mlrd so‘m (40 mln so‘mdan) va 249 ta fuqaroga 5,0 mlrd so‘m (20,0 mln so‘mdan).

Toshqin oqibatida uy-joylariga jiddiy zarar yetgan fuqarolar uchun jami 52,5 ga yer maydonlari tanlanib, shartnoma bo‘yicha 855,4 mlrd so‘mga teng 2640 ta xonadonli 86 ta ko‘p qavatli turar joy qurildi.

Shuningdek, xabarga ko‘ra, 2 577 ta xonadon respublika, viloyat va tumanlar ishchi guruhlari hamda jamoatchilik vakillari tomonidan o‘rganilib, qur’a tashlash yo‘li bilan egalariga topshirilgan.