Toshkent viloyatida bosh qismiga olingan qattiq zarb oqibatida Bu xaqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Anvar tanishi Zilola (ismi o‘zgartirilgan) va uning 2018 yilda tug‘ilgan qizi bilan bir necha oydan buyon ijara uyda yashab kelgan.

14 yanvar kuni Zilola qizini uyda qoldirib do‘konga chiqib ketganida, bola yig‘lab xarxasha qilgan. Uni tinchlantirish uchun Anvar bolaning bosh qismiga urgan va shu bilan qizaloq jim bo‘lib qolgan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra qizaloq olgan tan jarohatlari yuzasidan vafot etgan.

Angren shahrida sodir etilgan qotillik jinoyati Toshkent viloyati IIBB boshlig‘i polkovnik Tohir Aripov boshchiligida keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.

Gumonlanuvchi yig‘ilishda o‘z pushaymonligini bildirib, xalqdan uzr so‘radi, deyiladi xabarda.