Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaro M.Q.(1980 y.t.) (ismlar o‘zgartirilgan) va uning tanishi Z.X. (1978 y.t.) 3 yashar bolani 4 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lganida ushlandi. Bu xaqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

24 yanvar kuni fuqarolar Farg‘ona viloyati, Nurafshon shahriga kelib M.Q.ning o‘g‘li A.A. (2018 y.t.)ni shartli xaridorga sotayotgani aniqlangan.

Dastlabki surishtiruv ishlari davomida M.Q. avval xam shu kabi holatni sodir etib, uchinchi farzandi — o‘g‘li M.Q.(2016 y.t.)ni sotib yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan fuqarolar M.Q. va Z.Q.larga nisbatan JKning 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

3 yoshli bolaning salomatligi ko‘rikdan o‘tkazilib, otasiga qaytarilgan. Bolaning otasi M.Q. uni aldab bolasini uydan olib chiqib ketganini, bundan xabari bo‘lmaganini aytgan.