Poytaxtda 2021 yilning boshidan buyon fuqarolarda sovuq qurol va boshqa buyumlar topilishi bilan bog‘liq 655 ta fakt aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot хизматихабар bermoqda.

Tekshiruvlar davomida 567 ta pichoq,3 ta bolta, 11 ta kastet,34 ta bita va boshqa buyumlar topilgan.

Fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185−2 (sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) moddasi bo‘yicha tegishli bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, o‘quv dargohlarida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida o‘quvchilardan 25 ta pichoq, 7 ta kastet va boshqa xavfli buyumlar topilgani ma’lum qilindi.