Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan YPX xodimlari va haydovchi o‘rtasidagi janjal xaqidagi videolavhaga YHXBB matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, 25 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanida YPX xodimlari davlat raqam belgisi bo‘lmagan «Cobalt» avtomobilini to‘xtatib, me’yoriy hujjatlarini so‘ragan vaqtida, haydovchi hujjatlari yo‘qligini aytadi.

YPX xodimi belgilangan tartibda chora ko‘rishi zarurligini aytganida, haydovchi xodimlarga qarshilik ko‘rsatgan va avtomobilda voqea joyidan ketib qolgan.

Holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudi haydovchi O.X. ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topib, unga 8 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.