Qozog‘iston bosh vaziri Askar Mamin mamlakat hukumati kengaytirilgan yig‘ilishida turizm sohasining rivojlanishi bo‘yicha loyihalarga to‘xtalib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Kazinform».

«Sayyohlar oqimining o‘sishi uchun Turkiston — Chimkent — Toshkent yo‘nalishidagi tezyurar temir yo‘llari magistrali qurilishi boshlanadi. Bu turizm sohasida 22 mingta yangi ish o‘rinini yaratish imkoniyatini beradi hamda iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida jami 100 ming ta ish o‘rni ochiladi», — dedi Qozog‘iston bosh vaziri.

Askar Maminning aytishicha, Qozog‘iston ichki turistik oqimi 22%ga o‘sib, 4,5 million kishini tashkil qilishi kutilmoqda. Turizmning YAIMdagi ulushi 5,2%ga yetkaziladi.