Endilikda 20 dollarlik kupyuradagi AQSHning 7 prezidenti Endryu Djeksonning o‘rniga AQSHda Qullikka qarshi harakatning yetakchilaridan biri bo‘lgan Garriyet Tabmen surati bo‘lishi ma’lum qilindi. Bu haqda «Amerika ovozi»xabar bermoqda.

«Moliya vazirligi Garriyet Tabmenni yangi 20 dollarlik kupyuralar old qismiga joylashtirish bo‘yicha harakatlarni yangilamoqda», — dedi AQSH prezidenti matbuot kotibi Jen Psaki.

«Bizning banknotalarimiz, pullarimiz mamlakatimiz tarixi va xilma-xilligini aks ettirishi muhim va Garriyet Tabmenning yangi 20 dollarlik banknotani bezab turgan qiyofasi buni albatta amalga oshiradi», — deya qo‘shimcha qildi u.

Banknotalarni almashtirish Baraka Obama prezidentligi paytida boshlangan edi, biroq Donald Tramp ma’muriyati tomonidan 2028 yilga qoldirilgan edi.