26-yanvar kuni soat 16:00 lar atrofida Navoiy shahri, Yoshlik mahallasida ko‘tarma kran qulab tushgan. Viloyat matbuot xizmati ma’lum qilishicha, ushbu kran “Shohjahon shamshiri” MCHJ tomonidan ko‘p qavatli uylar qurilishiga jalb etilgan bo‘lgan.

“Natijada kran boqsharuvchisi yongil tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Bu bo‘yicha tegishli xizmatlar tomonidan surishtiruv olib borilmoqda”, — dedi Navoiy shahar FVB boshlig‘i Olim Ahmedov.

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri.

KTYADR ma’lumotlarga ko‘ra, “Shohjahon shamshiri"ning asosiy faoliyat turi yog‘och, qurilish materiallari va sanitariya-texnik uskunalar ulgurji savdosi bilan shug‘ullanishdan iborat. U 2018-yil 4-may sanasida Toshkent shahri Yunusobod tumanida ro‘yxatdan o‘tgan.

Uning yagona ta’sischisi va rahbari Usmonov Lazizjon Murodillayevich hisoblanadi. Kompaniya haqidagi ma’lumotlar Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi da ham mavjud emas.

Foto