25 yanvardan boshlab Yangi Tracker boshlang‘ich va LT komplektatsiyalarida sotuvga chiqariladi:

  • boshlang‘ich komplektatsiya narxi: 145 130 000 so‘mdan (QQSsiz), 166 899 500 so‘mdan (QQS bilan);
  • LT komplektatsiya : 193 043 478 so‘m (QQSsiz), 221 999 999 so‘m (QQS bilan).

Yangi Tracker panorama lyuk, LED chiroqlar va 8 dyuymlik sensorli ekranga ega bo‘lgan audio tizim bilan jihozlangan. Shuningdek, avtomobil dinamik to‘xtash chiziqlariga ega orqa kamera, katta sig‘imli yukxona va boshqa qulayliklarga ega.

Yangi Tracker 2021 yilning 25 yanvar sanasidan boshlab Chevrolet standartlari talablariga to‘liq javob beradigan dilerlik markazlarida sotuvga chiqariladi.

Yangi modelning xarakteristikasi:

  • zamonaviy uch silindrli Ecotec turbomotor;
  • aralash sikldagi yoqilg‘i sarfi 5,5 l / 100 km, quvvati 123 ot kuchi;
  • 6 pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi;
  • kalitsiz salonga kirish va dvigatelni ishga tushirish;
  • yoqilg‘i sarfini tejashga mo‘ljallangan «Stop-Start» intellektual tizimi;
  • yangilangan va katta hajmli yukxona.

Avvallari Tracker faqat Xitoy va Braziliyada sotilgan, biroq 12 dekabrda Amerikaning General Motors va Xitoyning SAIC Motor kompaniyalarining SAIC-GM qo‘shma korxonasi yangi Chevrolet Tracker’ni xalqaro bozorga eksport qilishni boshlagan. 209 ta avtomobildan iborat birinchi partiya O‘zbekistonga yuborilgan.