O‘tgan hafta oxirida, sovuq ob-havoni vujudga keltirgan antitsiklonning sovuq pereferiyasi ta’siri pasaya boshladi. Bugun va ertaga respublikaning barcha hududlarida kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Kunduz kunlari quyosh havo haroratini 3−8 daraja iliqgacha ko‘taradi, kechalari esa 3−6 daraja sovuq atrofida, ba’zi joylarda 8 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Keyingi kunlarda respublika hududlariga Erondan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

Barcha hududlarda asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat asta-sekin ko‘tariladi va haftaning oxiriga kelib kechalari 0−3 daraja iliq, kunduz kunlari 12−15 daraja iliq bo‘ladi, bu iqlim me’yorlaridan 4−6 darajaga yuqoridir.

25−27 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.