Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatida istiqomat qiladigan 2-guruh nogironi Sh. U. ning aqli zaifligidan foydalanib, bo‘yniga arqon bog‘lagani aks etgan videolavha tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat IIB matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, o‘rganish jarayonida videodagi shaxs haqiqatdan ham Navoiy viloyati Navbahor tumani Yangi yo‘l mahallasida yashovchi, 2-guruh nogironi Sh. U. ekanligi aniqlangan.

Holat 22 yanvar kuni soat 14:00 da fuqaro P. K. tomonidan o‘zining yashash xonadonidagi molxonasida «shunchaki hazil uchun olingani» va do‘stlariga tashlangani aytiladi. P. K. ushbu video ijtimoiy tarmoqlarga qanday chiqib ketganligidan xabari yo‘qligini aytgan.

Ushbu holat yuzasidan Navbahor tuman IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.