Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda issiqqina pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Qumoq xamirdan kurniklar


Kurnik — qadimdan shohona taom deb hisoblangan juda mazali pirog. Biz sizlarga kurniklarni porsiyalarga bo‘lgan holda tayyorlashingizni tavsiya etamiz. Nachinkaga ega bunday pirojkalar to‘yimli nonushta yoki yegulik o‘rnini bosa oladi.

Qumoq xamirda pishirilgan go‘shtli rulet


Ushbu noodatiy pishiriq istalgan bayram dasturxoniga mos keladi. Qolaversa bunday chiroyli va to‘yimli rulet barchaga, ayniqsa, erkaklarga maqul keladi.

Lavash va pishloqli naychalar


Juda tez tayyorlaniladigan va mazali bunday yegulik yosh-u qariga birdek yoqishi aniq. Pishloqli naychalar ajoyib nonushta vazifasini bemalol uddalay oladi.

Kartoshkali qovurilgan pirojkalar


Uyda pishirilgan pirojkalar ko‘pchilikning eng sevimli pishiriqlaridan biri desak adashmaymiz. Ularning qiymasini har xil masalliqlardan tayyorlash mumkin bo‘lib, masalan, karamli, qo‘ziqorinli, qiymali va hokazo.

Pishloq va tvorogli qatlamachalar


Tez tayyorlaniladigan va ishtahaochar ko‘rinishga ega bo‘lmish pishloq va tvorogli qatlamachalar kutilmagan mehmon kelganda sizni qo‘llab-quvvatlaydi.

Tovuq go‘shti solib tayyorlangan pirojkalar


Ta’m jihatidan bunday pishiriqlar oddiy pirojkalardan unchalik ham farq qilmasada, ammo tashqi ko‘rinishi bilan qiziqish uyg‘otishi aniq.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15