Endilikda maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga maqom va boshqa milliy kuylar qo‘yib beriladi, deya xabar berdi Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.

Ushbu taklifni Madaniyat vazirligi rahbari Ozobdek Nazarbekov berdi. Loyiha Madaniyat va Maktabgacha ta’lim vazirliklari o‘rtasida imzolangan memorandum asosida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Madaniyat vazirligi maktabgacha ta’lim muassasalari uchun maqom kuylaridan saralangan maxsus musiqiy to‘plam yaratgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktablarda darsdan oldin o‘quvchilar madhiya kuylash, tanaffusda vatan mavzusidagi she’r va qo‘shiqlar eshittirish so‘ralgan edi.