Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chimyon tog‘larida qor yog‘ganligi munosabati bilan ko‘plab fuqarolar ayni dam olish maskanlariga uzluksiz ravishda tashrif buyurishmoqda, deya xabar berdi IIV YHXBB axborot xizmati.

Ushbu avtomobil yo‘lining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini inobatga olib, turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida Bo‘stonliq tumanidagi 4R-6 avtomobil yo‘lida (G‘azalkent shahridan «Yusufxona» aholi yashash joyiga qadar) avtomobillarning harakatlanishi vaqtincha bir tomonlama qilib qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash vaziyat yanvar oyi boshida, yangi yil bayramlari munosabati bilan ko‘plab dam olish istagidagi fuqarolar tog‘larga yo‘l olganida yuzaga kelgan edi.