«Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahrining 10 ta ko‘chalarida avtobus, yo‘nalishli taksi, tez tibbiy yordam, o‘t o‘chiruvchi mashinalar harakati uchun alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Ularga:

1.Bobur ko‘chasi (Xalqaro aeroport bekatidan Seul ko‘chasi kesishmasi)



2. Furqat ko‘chasi (Seul ko‘chasidan Islom Karimov ko‘chasi kesishmasi)

3. Kichik halqa aylanma yo‘li (Shota Rustaveli ko‘chasidan Farxod ko‘chasi kesishmasi)

4. Farxod ko‘chasi (Kichik halqa aylanma yo‘lidan Lutfiy ko‘chasi kesishmasi)

5. Lutfiy ko‘chasi (Farxod ko‘chasidan Muqimiy ko‘chasi kesishmasi)

6.Muqimiy ko‘chasi (Lutfiy ko‘chasidan Shota Rustaveli ko‘chasi kesishmasi)

7. Farg‘ona yo‘li ko‘chasi (Qo‘shko‘prik ko‘chasidan Qo‘yliq ota ko‘chasi kesishmasi)

8. Istiqbol ko‘chasi (Nukus ko‘chasidan Shahrisabz ko‘chasi kesishmasi)

9. Axmad Donish ko‘chasi (Toshkent halqa aylanma yo‘lidan Nurafshon ko‘chasi kesishmasi)

10. Sebzor ko‘chasi (Nurafshon ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasi kesishmasiga qadar) kiradi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu yo‘laklar tirbandliklarni bartaraf etish hamda yo‘lovchilarni o‘z vaqtida tashish bilan bir qatorda, favquloddagi xizmat mashinalari (tez tibbiy yordam va o‘t o‘chirish transport vositalarining) ishlarini tezkorlik bilan bajarishiga yordam beradi.

Alohida ajratilgan yo‘laklar paydo bo‘lganidan so‘ng, oyning birinchi o‘n kunligida yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan jarimalarni qo‘llamasdan, haydovchilar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazishlari kerak bo‘ladi.

Alohida ajratilgan yo‘laklarda shaxsiy avtoulovni boshqarish ta’qiqlanishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, yo‘nalishli taksi, maxsus taksi xizmatlari hamda velosiped orqali harakatlanuvchilar belgilangan qoidalarga asosan mazkur yo‘llardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi, deyiladi xabarda.