21 yanvar kuni taxminan soat 15.40 da Kichik xalqa avtomobil yo‘lida, Ashxobod parki yaqinida to‘rtta avtomobil: 35 yoshli D. T. boshqaruvidagi"Matiz", 46 yoshli A.A. boshqaruvidagi «Spark», 42 yoshli D. I."Toyota" hamda 47 yoshli S. S. boshqaruvidagi «Nexia» avtomobillari to‘qnashgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Aniqlanishicha, YTH oqibatida «Matiz» avtomobili haydovchisi va yo‘lovchisi 44 yoshli B.M., «Toyota» haydovchisi, hamda «Nexia» avtomobili yo‘lovchilari (36 yoshli A.S. va 7 yoshli R.S.) badan shikastlari bilan shifoxonaga yetqizilgan.

Hozirgi vaqtdagi ma’lumotlarga ko‘ra, «Matiz» avtomobili yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda qarama qarshi harakat yo‘nalishiga chiqqan.

Tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.