Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining o‘rinbosari Botirjon Qurbonov «Zamon» dasturiga intervyusida ma’lum qildi.

Bugungi kunda JSST qo‘llashga ruxsat bergan AQSHning Pfizer va Germaniyaning BioNTech korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan vaksinani O‘zbekistonda ham emlash jarayoniga jalb qilish va fuqarolarni emlash to‘g‘risida 100 ming dozaga rasman byurtma berilgan.

Bundan avval, Sog‘liqni saqlash vazirligi va hamkor tashkilotlar tomonidan «COVID-19»ga qarshi vaksinani amaliyotga kiritish uchun O‘zbekiston aholisining 20 foizi miqdorida buyurtma tayyorlanib, COVAX fondiga yuborilgani haqida xabar bergan edik.

«Hozirda GAVI («Emlash va immunizatsiya bo‘yicha global alyans») tashkiloti bilan hamkorlikda Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan koronavirusga qarshi Comirnaty vaksinasini O‘zbekistonga 100 ming doza miqdorida olib kelinishi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda», — degan edi Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev.

Ushbu vaksinalar 1−1,5 oy ichida keltirilishi ko‘zda tutilgan, deydi Sanitariya-epidemiologiya xizmati rahbarining o‘rinbosari.