Markaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Istamov Mahmud Shuhratovich Buxoro viloyati prokurori etib tayinlandi. Buni “Gazeta.uz"ga MSK matbuot xizmati tasdiqladi.

Aytishlaricha, u bu lavozimda Dilshod Fayziyev o‘rnini egallagan. Fayziyev nima sababdan lavozimdan olinganiga aniqlik kiritilmadi.

Istamov 1979-yilda tug‘ilgan, oliy ma’lumotli — Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi — huquqshunos.

2014−2019-yillarda mehnat faoliyatini Prezident administratsiyasidagi Oliy Majlis, siyosiy va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilish xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish sho‘'basi mudiri, Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunchilik sho‘'basi mudiri lavozimida olib borgan.

Mahmud Istamov Markaziy saylov komissiyasiga 2019-yil 13-iyunda o‘tgan bo‘lsa, unga qadar Adliya vazirining o‘rinbosari hamda birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.