2019 yil 5 avgustdan 2020 yil 31 dekabr kuniga qadar 82 125 ta ruxsatnoma berilib, jami 302 mlrd 635 mln so‘m pul mablag‘lari Hukumat qaroriga asosan to‘lov sifatida undirilgan, deya xabar berdi O‘zA.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 oktyabrdagi 635-son qarori (yengil shaxsiy avtomobillarni orqa yon oynalarini tusini o‘zgartirish (qoraytirish) BHMning 10 baravaridan — 2 mln 230 ming so‘mdan BHMning 5 baravariga, ya’ni 1 mln 115 ming so‘mga o‘zgartirilgan) kuchga kirgan.

Shu sabab, fuqarolar tomonidan avtomobillarni orqa yon oynalarini qoraytirishga talab ortib ketgan, ya’ni ilgari bir kunda o‘rtacha 120 ta ruxsatnoma berilgan bo‘lsa, qaror kuchga kirgach, bir kunda o‘rtacha 320 ta ruxsatnoma berila boshlangan.

IIV DYHXX organlari tomonidan avtotransport vositalaridan ularning oynasini qoraytirish uchun:

  • 2019 yil 5 avgustdan (646-sonli qaror kuchga kirgandan so‘ng) 2019 yil 31 dekabr kuniga qadar 31367 ta ruxsatnoma berilib, jami 113 mlrd 980 mln so‘m pul mablag‘lari;
  • 2020 yil 1 yanvardan 31 dekabr kuniga qadar 50758 ta ruxsatnoma berilib, jami 188 mlrd 395 mln so‘m pul mablag‘lari;
  • 2020 yil 1 yanvardan 9 oktyabr kuniga qadar 28326 ta ruxsatnoma berilib, jami 135 mlrd 638 mln so‘m pul mablag‘lari;
  • 2020 yil 10 oktyabrdan (635-sonli qaror kuchga kirgandan so‘ng) 31 dekabr kuniga qadar 22432 ta ruxsatnoma berilib, jami 52 mlrd 757 mln so‘m pul mablag‘lari to‘langan.