Football Italia’ning xabar berishicha, «Yuventus» futbol klubi Eldor Shomurodovning transferi borasida «Jenoa» klubi bilan muzokaralarga kirishgan. Turinliklar o‘zbekistonlik futbolchini kishki transfer oynasining o‘zidayoq safiga qo‘shib olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov Rossiyaning «Rostov» jamoasidan Italiyaning «Jenoa» klubiga 2020 yil oktyabr oyida o‘tgan edi. Genuyaliklar futbolchi uchun rostovliklarga 7,5 mln yevro haq to‘lagan edi.

Hozirda Shomurodov Italiya A seriyasida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.