2020 yilda O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga ko‘chib ketganlarning umumiy soni 13 611 kishini tashkil etdi. Bu haqda Spot ma’lumot berdi.

Ko‘chib ketganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami xorijga ko‘chib ketganlarga nisbatan 64,3%), Rossiya (29,3%), Isroil (1,2%), Qirg‘iziston (0,9%), Tojikiston (0,6%) va boshqa mamlakatlarga (3,7%) to‘g‘ri keldi.

Mamlakatga ko‘chib kelganlarning soni 1 105 kishini tashkil etdi. Ko‘chib kelganlarning asosiy qismi Qozog‘iston (jami xorijdan ko‘chib kelganlarga nisbatan 37%), Rossiya (22,3%), Tojikiston (20%), Qirg‘iziston (8,5%), Turkmaniston (1,3%) va boshqa mamlakatlarga (10,9%) to‘g‘ri kelgan.

Spot’ning yozishicha, O‘zbekistonda yashash uchun ko‘chib kelganlar soni keskin pasaydi. Agar avvalgi yillarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 2500 kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda bu raqam 1000 nafardan oshgan. Boshqa mamlakatlarga yashash uchun ketganlar soni esa nafaqat kamaymadi, balki ko‘payib ketdi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda doimiy aholi soni 34 million 558 ming 913 kishini tashkil qilmoqda.