Jizzax shahar hokimi lavozimiga Xolmurodov Komil Adhamovich nomzodi shahar deputatlari tomonidan ma’qullandi, deya xabar berdi Jizzax viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Bungacha Komil Xolmurodov Mirzacho‘l tuman hokimi bo‘lib ishlagan. Avvalroq Mirzacho‘l tumaniga Ahmedov Sherzod yangi hokim etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Shu kungacha Jizzax hokimi bo‘lib ishlagan Akbar Shukurov boshqa lavozimga o‘tishi aytilgan.