Farg‘ona viloyati prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, fuqaro S.R. (2001 y.t.) 2020 yilning 20 sentyabr kuni fuqaro T.S. Quva tumanidagi ko‘p qavatli uylarga olib borib, voyaga yetmagan D.J. va S.K. bilan birga uni va V.M. ismli ayolni bir oy davomida asossiz ushlab turgani, zo‘rlik ishlatib nomusiga tekkani haqida xabar bergan.

Ma’lum qilinishicha, S.R.ni zo‘rlik ishlatib nomusiga tegilganligi, olib ketilganligi va asossiz ushlab turilganligi haqidagi vajlari ekspertiza xulosasi, tushuntirish xatlari va ish yuzasidan to‘plangan boshqa hujjatlar bilan o‘z tasdig‘ini topmagan.

Holat yuzasidan Quva tumani IIB tomonidan oxirgi marotaba 2020 yilning 12 dekabrida jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad qilingan.

O‘rganish davomida tekshiruv jarayonini bevosita nazorat qilgan Quva tumani prokuraturasi xodimlari xatti-harakatlarida qonun buzilishi holati aniqlanmadi, deyiladi xabarda.