Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 13 MTM mudirasining «mehnat shartnomasi» bog‘cha tarbiyalanuvchisini kaltaklagani uchun bekor qilinadi, deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea kuni guruh tarbiyachisi soat 12:20 da ishga kelgan va bola kaltaklangan vaqtda ishda bo‘lmagan.

Bog‘cha tarbiyalanuvchisining qo‘llari va yuziga urilganligi holati yuzasidan sudga oid ekspertiza tayinlangan. Holat yuzasidan xizmat tekshiruvi xulosasi va ekspertiza javobi olinganidan so‘ng, yakuniy huquqiy baho beriladi, deyiladi xabarda.

O‘rganishlar jarayonida bog‘cha direktorining yuragi xuruj qilganligi va tez tibbiy yordam brigadasi tomonidan shifoxonaga olib ketilganligi aytilmoqda.