2021 yilgi davlat dasturiga oid prezident фармони loyihasida respublika hududida davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning qimmatbaho navlari kesilishiga joriy etilgan moratoriyning amal qilish muddati 2021 yil 31 dekabrga qadar uzaytirish taklif qilinmoqda.

Bu davrda har bir kesilgan daraxt va buta uchun kompensatsiya tarzida qimmatliligi jihatidan kesiladigan daraxt va butalardan kam bo‘lmagan 10 tup yirik o‘lchamli (5 yosh va 2 metrdan kam bo‘lmagan) ko‘chat ekish va ularni ikki yil davomida parvarish qilish tartibi belgilanmoqda.

Noqonuniy kesilganlar daraxt va butalar uchun esa uch yil davomida parvarishlash sharti bilan 100 tup ko‘chat ekish majburiyati kiritilmoqda.

Davlat ekologiya qo‘mitasi atrof-muhitga yetkazilgan zararni qoplash tartibini qayta ko‘rib chiqib, tabiatni qayta tiklashga qaratilgan kompensatsiya mexanizmlarini keng joriy etadi.

Avvalroq, «Gazeta.uz» Moratoriy davrida 7854 tup daraxt noqonuniy kesilib, tabiatga 9,787 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani haqida yozgan edi. 202 yilda daraxt va butalarni kesishga moratoriy joriy etilganiga qaramasdan juda ko‘p holatga qonunbuzilishi sodir etilgani uchun Davlat ekologiya qo‘mitasi moratoriy muddatini uzaytirish va keskin choralarni kuchaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritgan edi.

2020 yilning mayida Surxondaryoda fuqaro avtoservis qurish maqsadida 35 tup qarag‘ay daraxtini kesgani uchun 165,5 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilgan. Iyulga kelib, Davlat ekologiya qo‘mitasi Toshkent markazida ko‘p yillik chinorlar noqonuniy ravishda kallaklab tashlanganini tasdiqlangandi. Voqea joyiga poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ham tashrif buyurib, muammoni sud orqali hal etish lozimligi va kim nohaq bo‘lsa, o‘sha qonun oldida javob berishi kerakligini ta’kidlagan edi. Iyul oyida shu kabi holat, Nurafshonda ham kuzatildi. Unda yo‘l chetidagi 37 tup daraxt, shundan 26 tup ko‘p yillik chinorlar kesib tashlangani va zarar 1,1 mlrd so‘mni tashkil etgani aniqlangan.

Kuz faslida esa «Turkiston» saroyi atrofidagi daraxtlarga belgi qo‘yilgani va ular kesilishi mumkinligi haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda keng муҳокamalарга sabab bo‘lgan edi. O‘shanda Davlat ekologiya qo‘mitasi belgi qo‘yilgan daraxtlar imkon qadar kesilmasligini, o‘simlik zararkunandalari va tabiiy omillar ta’sirida zararlangani, turli kommunikatsiyalarga tahdid solayotgan daraxtlarga maxsus belgi qo‘yilganini ma’lum qilgan edi.