14 yanvar kuni Indoneziyaning Sulavesi orolida sodir bo‘lgan 6,2 balli zilzila va Kalimantandagi suv toshqini oqibatida halok bo‘lganlar 96 nafar kishiga yetdi. 70 mingdan ortiq aholi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 81 kishi va suv toshqinidan 15 kishi vafot etgan.

Tabiiy ofatlar 1150 dan ortiq binolarning vayron bo‘lishiga olib kelgan.

Janubiy Kalimantan provinsiyasida toshqin tufayli 25 mingga yaqin uy suv ostida qoldi. Hudud bo‘ylab toshqin 14 yanvar kuni kuchli yomg‘irdan keyin boshlandi.

Mintaqada favqulodda holat e’lon qilingan.