2021-yilgi davlat dasturiga oid prezident farmoni loyihasida sohadagi monopoliyani bekor qilish va bozor munosabatlarini shakllantirish bo‘yicha vazifalar ham o‘rin olgan.

Hujjat loyihasi ko‘ra, 2021-yil 1-martdan suyultirilgan gaz importi uchun belgilangan bojxona boji va uni import qilish uchun talab etiladigan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilinadi.

2021-yil 1-martga qadar ishlab chiqaruvchi va importyorlar uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash sohasiga bozor mexanizmlarini joriy etish orqali ulgurji bozorni shakllantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Energetika vazirligi “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi ta’minlaydi hamda birinchi bosqichda, 2021-yil 1-avgustdan yirik korxonalarga elektr energiyasi va tabiiy gazni import asosida sotib olish huquqi berilishini nazarda tutish vazifasi yuklatiladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga yo‘llagan murojaatnomasida tovar va moliya bozorlarida erkin raqobat muhitini shakllantirish hamda tadbirkorlarga xomashyo sotib olish uchun teng imkoniyatlar yaratish zarurligini ta’kidlagan edi. Jumladan, 2021-yilda davlat va xususiy elektr stansiyalari, hamda iste’molchilar o‘rtasida elektr energiyasi ulgurji bozorini shakllantirish boshlanishini ma’lum qilingan edi.

Avvalroq, energetika vaziri Alisher Sultonov 30 yil Markaziy Osiyo energiya taqsimlash tizimidan chiqamiz deb ko‘p narsani yo‘qotganini qayd etgan edi. Buning natijasida esa “Tizim ham ma’nan, ham jismonan eskirgan"i aytilgandi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumот iga ko‘ra, 2020-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda gaz ishlab chiqarish hajmi 10,3 mlrd kub metrga kamaygan, o‘tgan yilga nisbatan 18,6 foizga — 55,2 mlrddan 44,9 mlrd kub metrgacha tushgan. Elektr energiyasini ishlab chiqarish hajmi esa 3,5 foizga — 55,5 mlrddan 57,4 mlrd kVt soatga oshgan.