O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishi bilan barcha viloyatlarga 5 yil muddatga yangi sud raislari tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, prezidentining 2020 yil 24 iyuldagi farmoni bilan 1 yanvardan viloyat va unga tenglashtirilgan jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlari negizida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan edi. 6 yanvar kuni Senat Konstitutsiyaga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qonunni ma’qullagan edi.

Tayionlovlar

O‘tkirjon Jumayev — Jizzax viloyati sudining raisi. 1975 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax viloyati sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Luqmon Qodirov — Buxoro viloyati sudining raisi. 1966 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Oliy sud sudyasi lavozimida ishlagan.

Shuhrat Kamolov — Farg‘ona viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi. 1977 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Hamidulla Qudratov — sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga va shuning besh yil muddatga Navoiy viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi. 1959 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.

Abduqayum Mahkamov — Qashqadaryo viloyati sudining raisi. 1957 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.

Tal’atjon Meliboyev — Andijon viloyati sudining raisi. 1975 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.

Bahodir Polvanov — Xorazm viloyati sudining raisi. 1979 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Sudyalar daxlsizligini ta’minlash va korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha sud inspeksiyasi sudyasi lavozimida ishlagan.

Abdulqosim Ro‘ziqulov — Surxondaryo viloyati sudining raisi. 1965 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.

Dilshod Tojiboyev — Toshkent viloyati sudining raisi. 1972 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.

Olim Hayitov — Samarqand viloyati sudining raisi. 1969 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.

A’zamjon Xudoyberdiyev — Sirdaryo viloyati sudining raisi. 1977 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati iqtisodiy sudining raisi lavozimida ishlagan.

Abdurasul Eranov — Namangan viloyati sudining raisi. 1961 yilda tug‘ilgan. Tayinlovga qadar Oliy sud sudyasi lavozimida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, sudlar to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, sud raislari 5 yilga tayinlanadi yoki saylanadi. Bir shaxs bitta sud raisligiga ikki marotabadan ko‘proq tayinlanishi yoki saylanishi mumkin emas.