Transport vazirligi va Moliya vazirligiga hududlarning rivojlanishi uchun muhim omillardan biri bo‘lgan hududlararo transport aloqasini ta’minlash bo‘yicha vazifa qo‘yiladi. Bu haqda tegishli tartib 2021 yilgi Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha prezident farmoni loyihasida keltirilgan.

Unga ko‘ra, 2021 yil 1 martdan boshlab davlat byudjetidan subsidiyalash orqali eng yirik shaharlar va turistik markazlarga tezda kelib-ketish imkoniyatini beradigan muntazam avia qatnovlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston fuqarolariga respublika bo‘ylab sayohat qilish uchun avia chipta narxining 30 foizini qaytarish (cash back) tartibi joriy qilinishi ko‘zda tutilgan.