Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda quritilgan mevalardan tayyorlangan yeguliklar ro‘yxatini taqdim etadi.

Quritilgan olxo‘ri va dimlangan mol go‘shtidan tayyorlangan taom


Qora olxo‘rili dimlangan mol go‘shti oilaviy dasturxoningiz yoki bayramona tushligingiz uchun ajoyib tanlov bo‘ladi. Quritilgan mevalar go‘shtning ta’mi va xushbo‘yligiga ko‘proq urg‘u berib, uning ta’mini yanada o‘tkirroq qiladi.

Yong‘oqlar va quritilgan mevalardan tayyorlangan vitaminli aralashma (miks)


Yong‘oqlar va quritilgan mevalardan tayyorlangan vitaminli «kokteyl». Bu ajoyib shirinlikni tayyorlash uchun ko‘p vaqt va mehnat talab etilmaydi. Eng asosiysi esa sifatli masalliqlarning mavjudligidir.

Quritilgan mevalar bilan pishirilgan go‘shtli rulet


Quritilgan mevalar go‘shtga nozik shirin ta’m va sharbat beradi. Ushbu taom tez va oson tayyorlanadi va uni nafaqat issiq taom, balki gazak sifatida tanovvul qilish ham mumkin.

Quritilgan mevalar va olma bilan pishirilgan guruchli bo‘tqa


Guruchli bo‘tqa nafaqat to‘yimli va foydali, balki mazali ham bo‘lishi mumkin. Ushbu taom nonushta uchun ajoyib variant: tez, mazali va butun kun uchun energiya bilan ta’minlaydi.

Italyancha krostata


Ushbu pirog mevali tartning yana bir varianti bo‘lib, u har xil ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Yorqin tusga ega bunday pirog har qanday bayram dasturxonini ajoyib tarzda bezab turadi.

Apelsinli granola


Bu granola o‘zining apelsin-yong‘oqli ta’mi bilan sizga juda yoqsa, uning to‘yimliligi esa kun davomida tetik yurishingizda yordam beradi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15