2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda doimiy aholi soni 34 million 558 ming 913 kishini tashkil qilmoqda, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 653,7 ming kishini yoki 1,9% ni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra doimiy aholi soni 33 million 905 ming 800 kishini etgan bo‘lsa, 2019 yilda mamlakat aholisi 650,3 ming yoki 2 foizga o‘sgan.

Ma’lumot uchun: 2018 yilda aholi 1,8 foizga (597,4 ming), 2017 yilda 1,7 foizga (533,4 ming), 2016 yilda 1,7 foizga (545,8. ming) va 2015 yilda — 1,8% ga (553,9 ming)ga o‘sgan.

Doimiy aholi — bu aholini ro‘yxatga olish paytida ma’lum bir aholi punktida yoki ma’lum bir hududda doimiy yashaydigan aholi hisoblanadi. Vaqtinchalik aholi punktida bo‘lmaganlar ham ushbu ro‘yxatga kiritiladi.

Yaqin kunlarda O‘zbekistondagi demografik vaziyat bo‘yicha batafsil statistik ma’lumotlar e’lon qilinishi kutilmoqda.