CSV matbuot xizmatiхабарига ko‘ra, Davron Tulyaganov Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor lavozimiga tayinlandi.

Bundan avval u Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali direktori vazifasida faoliyat yuritgan.

Tibbiyot fanlari doktori Davron Tulyaganov 2016—2017 yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh shifokor muovini vazifasini bajaruvchi bo‘lgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi qayd etishiga ko‘ra, Birlashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam xizmati tarkibiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning 13 ta viloyat filiali, 176 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari, 2400 dan ortiq tez tibbiy yordam brigadasi, sanitar-aviatsiya xizmati va favqulotda vaziyatlarda aholini tibbiy ta’minlash tezkor brigadalari kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi rahbari lavozimi o‘tgan yil noyabr oyidan beri uning direktori Abduhakim Xojiboyev O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri etib taйинланганdanбuён vakant lavozim bo‘lgan.