Niderlandiya hukumati bola parvarishi bo‘yicha nafaqalar bilan bog‘liq mojaro tufayli iste’foga chiqdi.

O‘tgan yili mamlakat soliq idorasi 26 ming oilani firibgarlik yo‘li bilan nafaqa olish uchun murojaat qilganlikda ayblab, 2012 yildan beri ajratilgan pulni qaytarib berishni talab qilgan.

10 mingga yaqin oila ba’zi hollarda o‘n minglab yevroni qaytarishi kerak edi, bu esa ishsizlik, uy-joyni yo‘qotish, ajrashish va boshqa muammolarga olib keldi.

Bundan tashqari, soliq idorasi kamida 11 ming kishi etnik kelib chiqishi yoki ikki fuqaroligi sababli maxsus tekshiruvlardan o‘tkazilganligini tan oldi va bu hokimiyat tomonidan irqchilik ayblovlarini keltirib chiqardi.

Bosh vazir Mark Ryutte hukumatning xatti-harakatlari ushbu ish davomida standartlarga mos kelmasligini tan oldi.

Iste’fo 17 martga rejalashtirilgan saylovlar arafasida bo‘lib o‘tdi. Ungacha Mark Ryuttening ofisi vaqtincha ishlaydi.