Bu Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchada o‘z aksini topgan.

Unga ko‘ra, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi organlarining davlat mulki ob’ektlari, shu jumladan xorijdagi davlat mulki ob’ektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish haqidagi taqdimnomalarini bajarmaslik yoki ma’lumotlarning to‘liqligini ta’minlamaslik mansabdor shaxslarga jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ilk bor bunday huquqbuzarlik uchun BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (669 ming so‘mdan 1 mln 115 ming so‘mgacha) miqdorda, bir yil davomida takroran sodir etilsa BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 mln 115 ming so‘mdan 2 mln 230 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solinadi.