Oliy Majlis deputatlari 15 yanvar kuni Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) etib Feruza Eshmatovani sayladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Feruza Eshmatova (1979 y.t.) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tahsil olgan. Yuridik fanlar doktori.

2015−2020 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, 2020 yildan hozirga qadar Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi vazifasida faoliyat yuritgan.