Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 5 yanvar kuni uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimidan ozod qilingan Muzaffar Saliyev Toshkent viloyati ma’muriy markazi Nurafshon shahri hokimi bo‘ldi.

Qaror xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari 24 sessiyasida qabul qilindi. Viloyat hokimi Rustam Xolmatov Nurafshonga zamonaviy qiyofa berish bo‘yicha ishlarning sustligini va shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi kamchiliklarni ta’kidladi.

«Men Nurafshonni ilgari ishlagan soham bo‘yicha bilar edim. Ammo, ko‘rinib turibdiki, viloyatimizning yangi markazini qurilishi ishlarida ochiq savollar, muammoli holatlar ko‘p. Men mana shu viloyat farzandi, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi sifatida jonajon yurtimiz shaharsozligi mo‘’jizasi bo‘lishi kutilayotgan shahar qurilishiga hissa qo‘shishimdan baxtiyorman. Shu yo‘lda bor quch-quvvatim, salohiyatimni ishga solaman, — deb va’da beraman» — dedi Muzaffar Saliyev.

Muzaffar Saliyev2017 йилиюль oyidan beri Uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri, undan oldin esa mudofaa vazirining shaxsiy tarkib bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari edi.

Eslatib o‘tamiz, Nurafshon shahrining sobiq hokimi Qahramon Hakimov 14 yanvar kuni vazifasidan ozod etilganligi haqida xabar bergan edik.


Sherzod Usmonov

Bundan tashqari, yig‘ilishda Nurafshon shahri hokimining kapital qurilish va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga Sherzod Usmonov tayinlandi.