Xalilillo To‘raxo‘jayev Oliy sud raisining o‘rinbosari — fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda “Gazeta.uz” manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, To‘raxo‘djayev kuni kecha Sudyalar oliy kengashida suhbatdan o‘tgan.

U shuningdek, O‘zbekiston prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan.

Xalilillo To‘raxo‘jayev 2017-yil 12-dekabridan 2020-yilning 30-iyuniga qadar Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligini boshqargan.

Undan so‘ng, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining raisi, tizim qayta tashkil etilgach esa, Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari — Kadastr agentligi direktori sifatida ishlab kelayotgan edi.