“Ералаш” bolalar kinojurnalining badiiy rahbari Boris Grachevskiy COVID-19 dan vafot etdi. U 71 yoshda edi.

Grachevskiy kasalxonaga 2020-yil dekabr oyining oxirida yotqizilgan. Uning rafiqasi 31-dekabr kuni uning ahvoli doimiy ravishda og‘ir ekanligi haqida xabar bergan.

7-yanvar kuni Grachevskiy IVL moslamasiga ulangan.

Grachevskiy — “Ералаш” bolalar kinojurnalining asoschilaridan biri, 1974-yildan buyon uning direktori, 2002-yildan esa badiiy rahbari hisoblangan.