Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berishiga ko‘ra, 12 yanvar kuni O‘zbekiston tumanida fuqaro J.P. «Damas» avtomashinasini Daxana-qaqir qishlog‘i hududida boshqarib ketayotib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan M.Z. boshqaruvidagi «MAN» yuk avtomashinasi bilan to‘qnashgan.

YTH oqibatida «Damas» haydovchisi J.P. tan jarohati tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Hozirda O‘zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.