Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyadan koronavirus yuqtirganlar soni 2 milliondan oshdi.

Germaniyada COVID-19 bo‘yicha kunlik holatlarni ro‘yxatdan o‘tkazib kelayotgan Robert Kox institutining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida 22 368 kishi koronavirus yuqtirgan va 1113 kishi vafot etgan.

Pandemiya boshlanganidan beri Germaniyada jami deyarli 45 ming kishi COVID-19 asoratlaridan vafot etgan.

Germaniyada yangi yil kirib kelishidan oldin o‘rntilgan karantin choralari natija bermagach, hozirda hukumat uzoq muddatga mo‘ljallangan jiddiy karantin cheklovlarini e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.