Yunusobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Rahmonbek Jahongirovich Usmonov O‘zbekiston transport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. 14-yanvar kuni prezidentning tegishli qaror i qabul qilindi.

Rahmonbek Usmonov (1960-yilda tug‘ilgan, Toshkent yo‘l instituti bitiruvchisi-1982) 2011-yildan 2018-yilning apreligacha Toshkent shahri hokimi sifatida ishlagan.

O‘sha yilning aprelidan oktyabrigacha O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan. Undan keyin Yunusobod tumani xokimi lavozimiga tasdiqlangan edi.

Yanvar oyi boshida transport vaziri o‘rinbosari Davron Dehqonov lavozimidan ozod etilgani xabar qilingan edi.