13 yanvar kuni Kongress quyi palatasida Donald Trampga impichment e’lon qilish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Jarayon xavfsiz o‘tishi va Kapitoliy binosini qo‘riqlash uchun AQSH Milliy Gvardiyasi harbiylari jalb qilingan. Harbiylarning Kongress binosida dam olganliklari suratlari taqdim etildi.

Harbiylardan biriga ko‘rpa taklif etilganida u xushmuomalalik bilan rad etdi va «dunyodagi eng ajoyib binolardan birining poliga zarar yetkazishdan» qo‘rqishini aytdi.


Quyi palata a’zolari Maykl Uolts va Viki Xarsler harbiylarga pitssa tarqatdi.

Foto: Twitter/ @igorbobic

Foto: Huffpost.com