Koreya Respublikasi Oliy sudi 14 yanvar kuni mamlakatning sobiq prezidenti 68 yoshli Pak Kin Xening hukmini kuchda qoldirishga qaror qildi, unga ko‘ra u korrupsiya va mansab vakolatlarini suiste’mol qilishda aybdor deb topilib, 20 yil qamoqda bo‘ladi.

Umuman olganda, sobiq prezident 22 yilni qamoqda o‘tkazishi kerak, shulardan 2 yili 2016 yildagi parlament saylovlariga noqonuniy aralashgani uchun belgilangan.

Pak Kin Xega 2017 da impichment e’lon qilingan. 2018 yilda birinchi instansiya sudi sobiq prezidentni pora bergani uchun 15 yilga va xizmat vakolatini suiste’mol qilgani uchun yana 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Shuningdek, u 18 mlrd von (16 mln dollar) miqdorida jarimaga tortilgan.

Keyin apellyatsiya sudi qamoq jazosini 30 yilgacha uzaytirdi. Keyinchalik, hukm bir necha bor qayta ko‘rib chiqilib, sobiq prezidentga qo‘yilgan ba’zi ayblovlar olib tashlandi.

Mamlakatning hukmron Demokratik partiyasi «Toburo» raisi Lyo Nak Yon o‘tgan hafta prezident Mun Chje Indan korrupsiyada ayblanib 17 yillik qamoq jazosini o‘tayotgan Park Kыn Xe va undan avvalgi Li Myon Bakni afv etishini so‘ramoqchi ekanligini aytdi. Lyo Nak Yon sobiq davlat rahbarlarini avf etish milliy birdamlikka yordam berishini ta’kidladi. Ijtimoiy so‘rovlar esa mamlakat fuqarolarining aksariyati ushbu g‘oyaga qarshi ekanligini ko‘rsatdi.