Nurafshon shahar hokimi Qahramon Hakimov o‘z lavozimidan bo‘shatildi. Bu haqda «Gazeta.uz» ga Toshkent viloyati hokimligidagi manbasi tasdiqladi.

Qahramon Hakimov 2019 yilda Nurafshon hokimi etib tayinlangan edi.

Qahramon Hakimov (1971 y. t.) — Farg‘ona politexnika institutida tahsil olgan.

Ish faoliyatini Izboskan tumani IIBda boshlagan. Faoliyati davomida sanoat va qurilish sohasida bir qator mas’ul lavozimlarda ishlagan. 2018 yilda «ToshuyjoyLITI» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori lavozimiga tayinlangan.