14 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida deputatlar ikki nafar hukumat a’zosining nomzodini ko‘rib chiqishdi. Bu haqda Qonunchilik palata matbuot xizmati xabar berdi.

Deputatlar tomonidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Abduqodir Toshqulov nomzodi ma’qullandi. U hozirga qadar Termiz davlat universiteti rektori hamda Senat a’zosi edi.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga Sherzod Hidoyatov nomzodi ko‘rildi va ma’qullandi. Sherzod Hidoyatov hozirga qadar qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Nomzodlar prezidentning tegishli farmonidan keyin o‘z lavozimlariga tayinlanishadi.