JSST ekspertlari Vuxan halkaro aeroportiga kelib qo‘nishdi, deya xabar berdi CGTN telekanali. Ular talabga ko‘ra 14 kunlik karantinda bo‘lishadi. Bu vaqt oralig‘ida ular xitoylik mutaxassislar bilan videoaloqa orqali fikr almashishadi.

Avvalroq JSST rahbari Tedros Gebreyesus tashkilotning ekspertlari koronavirus kelib chiqishini tekshirish uchun Xitoyga kira olishmayotganliklari haqida xabar bergan edi. JSST rahbari ushbu muammoni Xitoy rasmiylari bilan muhokama qilganini va Pekin zarur ruxsatnomalarni berish tartibini tezlashtirishda kafolat berishini aytdi.

Ma’lumot uchun COVID-19'ning tarqalishi ilk bor 2019 yil dekabrida Xitoyning Vuxan shahrida kuzatilgan.