13 yanvar kechasi Bryusselda tartibsizliklar boshlandi, taxminan 400−500 kishi politsiya bo‘limida to‘plandi. Bu haqda Meduza mahalliy OAVga tayanib xabar berdi.

Bunga sabab 9 yanvar kuni gvineyalik 23 yoshli Ibrohim Barri ismli migrant, Bryussel politsiyasi tomonidan hibsga olinganidan bir soat o‘tib, yurak hurujidan vafot etgan.

Dastlab namoyish tinch ko‘rinishda bo‘lib o‘tdi, ammo keyin namoyishchilar politsiyaga tosh va pirotexnik vositalar otishni boshlashdi. Politsiya ularni suv purkagichlari yordamida tarqatishga harakat qilishdi. Tartibsizliklar paytida bir nechta joylarda, shu jumladan politsiya bo‘limida yong‘inlar sodir bo‘ldi.

Bundan tashqari, bir qancha vaqt o‘tib namoyishchilar shu atrofdan o‘tayotgan Belgiya qiroli Filippning mashinasiga hujum qilishdi, 60 yoshli monarx jarohat olmadi. Hammasi bo‘lib politsiya 112 kishini hibsga oldi. Olti kishi, shu jumladan to‘rt nafar politsiyachi jarohat oldi.