Bu tartib prezident tomonidan 12 yanvar kuni imzolangan qonun bilan belgilandi. Fuqarolar o‘z hisobidan ma’muriy bayonnomaning ko‘chirma nusxasini, sud majlisining audio yoki videoyozuvini olishga haqli bo‘ladi.

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi qaror ustidan ma’muriy bayonnomani tuzgan organ ham shikoyat qilishi mumkin.

Ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni nazorat tartibida ko‘rish bekor qilinib, apellyatsiya instansiyasi joriy etildi.

Sud hujjatining noqonuniyligi, asoslantirilmaganligi bilan bir qatorda ularning adolatsizligi ham sud hujjatini kassatsiya tartibida o‘zgartirish yoki bekor qilish uchun asos bo‘lishi belgilandi.

Kassatsiya instansiyasi sudi ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni Oliy sud raisi, Bosh prokuror yoki ularning o‘rinbosarlari kiritgan protestga ko‘ra kassatsiya tartibida takroran ko‘radi.